23:02 / 07.05.2021
12335

Qo‘yliqda chiroq o‘chib, metro bekati ham qorong‘ilikda qoldi

Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq bozori yaqinidagi 7-bekatiga kelgan yo‘lovchilar qorong‘ilikdan telefonlarining chirog‘ini yoqib ko‘chaga chiqishiga to‘g‘ri keldi.

Voqea guvohlarining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 7 may kuni soat 21:00dan so‘ng shu atrofdagi mavzeda chiroq o‘chgani sabab bekat ham qorong‘ilikda qolgan.

Mashinist bekatda yo‘lovchilarni tushirishdan oldin bu haqda 2 marta ogohlantirgan.

UPD. Soat 23:29da «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot markazi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

«Bugun, 07.05.2021, soat 21:10 da shahardan elektr ta'minotining uzilishi sodir bo‘ldi, bu esa Toshkent metropolitenining halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida yoritish tizimiga, ya'ni 100 dona yoritish lampalarini o‘chishiga ham ta'sir ko‘rsatdi.

Bu hodisa metro poyezdlarining harakatiga ta'sir qilmadi. Elektr ta'minoti 22:00da tiklandi», – deyiladi kompaniya axborotida.

Top