23:18 / 07.05.2021
5497

Tailand xorijlik sayyohlar uchun turistik yig‘im joriy etishni rejalashtirmoqda

Turizm va sport vaziri Pipat Ratchakitprakanning hisob-kitobiga ko‘ra, agar 2022 yilda Tailandga 20,8 mln nafar turist kelsa, jamg‘armaga 6,2 mlrd bat (198,7 mln dollar) tushadi. 

Tailand hukumati 2022 yil yanvardan xorijlik turistlar uchun 300 bat (9,6 dollar) miqdorida yig‘im joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yig‘imdan tushgan mablag‘lar favqulodda holatlarda foydalanish uchun turistik jamg‘arma tashkil etishga yo‘naltiriladi.

Turizm va sport vaziri Pipat Ratchakitprakanning hisob-kitobiga ko‘ra, agar 2022 yilda Tailandga 20,8 mln nafar turist kelsa, jamg‘armaga 6,2 mlrd bat (198,7 mln dollar) tushadi. 

2019 yilda hukumat tabiiy maskanlarni tiklash uchun xorijlik sayyohlarga turistik yig‘im joriy etish rejasi haqida ma'lum qilgandi. Ammo keyinroq turizm sohasi turg‘un holatda bo‘lgani sababli bu qaror ortga surilgandi. 

Top