15:44 / 09.05.2021
58323

«Dollarning oshishi, oltin zaxiralari, arzonlashi kutilayotgan paxta yog‘i» – hafta xabarlari

May oyida mamlakat iqtisodiyotiga oid bir qancha muhim yangiliklar yuz berdi. Kun.uz «haftaning pullik xabarlari»ni to‘pladi.

Paxta yog‘i arzonlashishi kutilmoqda

Aksilmonopoliya qo‘mitasi Respublikada yog‘ narxi keskin oshib borayotgani sababli narxlar nazorati kuchaytirilganini ma'lum qildi. Qo‘mita rasmiysiga ko‘ra, bu ikki yo‘nalishda: birinchisi narxga ta'sir qiluvchi omillar va yog‘-moy korxonalarining o‘zaro munosabatlarida til biriktirish holatlarini o‘rganish asosida amalga oshiriladi.

Paxta yog‘i narxi tushishi kutilmoqda – o‘rtacha 12-13 ming so‘m, maksimum 15 ming so‘m atrofida bo‘lishi mumkin.

DSQ uchta raqamli xizmatni ishga tushiradi

Soliq qo‘mitasi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega 3ta onlayn xizmatni ishga tushirishni ma'lum qildi:

Bular:

– Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;

– Yagona elektron shartnomalarning axborot portali;

– Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish onlayn tizimi.

Yilning birinchi choragida parrandalar soni keskin kamaydi

2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga ko‘ra, respublikada 84,1 million bosh parranda mavjud. 2021 yilning 1 yanvar holatida esa 90,1 million bosh parranda borligi qayd qilindi. Yilning dastlabki uch oyida parrandalar soni 6 million boshga kamaydi.

O‘simlik yog‘iga QQS bekor qilingach, omborlarda import yog‘lari to‘planib qoldi

O‘simlik yog‘i importi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i 2021 yil may oyidan 31 dekabrgacha bekor qilinishi bojxona omborlarida yog‘lar to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

Tadbirkorlar soliq imtiyozi berilishini kutib import qilayotgan o‘simlik yog‘larini ma'lum muddat bojxona omborlarida saqlagan. Natijada omborlardagi yog‘ mahsulotlari miqdori bir haftada 3 ming tonnaga ortgan.

2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p zarar va foyda ko‘rgan korxonalar ro‘yxati e'lon qilindi

Davaktiv agentligi 2020 yil yakuni bo‘yicha davlat ulushi bo‘lgan eng yuqori sof foyda olgan 20ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10ta korxona ro‘yxatini shakllantirdi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov foyda bilan ishlagan korxona ham, zarar bilan ishlagani ham jamiyat va iqtisodiyotga yomon ta'sir qilishi borasida fikrlarini bildirdi.

Dollar kursi bir haftalik tushishdan so‘ng yana oshdi

10 may, dushanba kunidan boshlab, O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 7 may, juma kuniga nisbatan 18 so‘mga qimmatlashib, 10,511.84 so‘mni tashkil qiladi. 3 may, dushanba kunidagi ko‘tarilishdan (13 so‘mga qimmatlab, 10,523 so‘mni tashkil qilgandi) so‘ng, hafta davomida kurs tushish ko‘rsatkichini namoyon qilib kelgandi.

O‘zbekiston xalqaro zaxiralaridagi monetar oltin hajmi qariyb 10 tonnaga oshdi

Joriy yil 1 may holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 34,1 milliard dollarni tashkil etdi. 1 aprel holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 32,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Oltin-valuta zaxiralarining keskin oshishiga oltin narxi unsiyasi uchun 1685,35 dollargacha pasayishidan keyin, 1830 dollargacha qimmatlashini sabab sifatida keltirish mumkin.

Shuningdek, o‘tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,3 million troya unsiyasiga (9,33 tonna) oshgani ham kuzatildi.

Mavzuga oid
Top