08:28 / 09.05.2021
2335

Soliq qarzdorligi mulk xatlovi va auksiondagi sotuv bilan qoplandi

Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tumanidagi «Kesh original servis» MTP (mashina traktor parki)ga tegishli traktor garaji davlat soliq inspeksiyasidan qarzdorlik tufayli onlayn auksionda sotildi. Bu haqda viloyat MIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, traktor parkini soliqdan qarzdorligi 2020 yil 20 aprelda 44 mln 626 ming 932 so‘mni tashkil etgan.

Shahrisabz tuman DSIning 20 apreldagi qaroriga asosan qarzdor «Kesh original servis» MTP (mashina traktor parki)dan soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati MIBning Shahrisabz tuman bo‘limiga kelib tushganidan so‘ng, MTP rahbariga qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha bir necha marotaba yozma va og‘zaki ogohlantirishlar berilgani yozilgan. Ammo ogohlantirishlar foyda bermagach, 2020 yil 25 aprelda qarzdorga tegishli tumandagi Yangiobod qishlog‘ida joylashgan 36 sotix maydonga ega noturar traktor garaji binosi xatlab olingan.

2020 yil 11 mayda «Onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» orqali elektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan. Ushbu noturar bino 2021 yilning 15 aprel kuni 116 mln 800 ming so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘i soliq qarzdorligiga yo‘naltirilgan.

Avvalroq, Dehqonobod tumanida MIB xodimlarining ogohlantiruviga qaramay, aliment to‘lovini to‘lamagan ota qamalgan edi.

Mavzuga oid
Top