17:00 / 11.05.2021
9748

O‘zbekistonda 10 yil ichida tug‘ilishlar soni 25 foizga o‘sdi

2010-2020 yillar oralig‘ida tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 7-9 foizga ko‘proq.

Davlat statistika qo‘mitasi 10 yillik tug‘ilish statistikasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 10 yillikdagi tug‘ilishlar soni 207 mingtaga ko‘paygan.

2010 yilda 634 810ta tug‘ilish kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 841 817taga yetgan. Raqamlar tug‘ilishda 24,6 foiz o‘sish kuzatilganini ko‘rsatmoqda.

2020 yilda 405 466 nafar qiz, 436 351 nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga kelgan. Ya'ni qizlarga nisbatan 7 foiz ko‘proq o‘g‘il bolalar dunyoga kelgan. Bunday 7 foizlik farq 2010 yilda ham kuzatilgan.

10 yillik statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda qizlarga nisbatan 7-9 foiz ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilgan.

Avvalroq, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil etilganda eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida, eng kam Sirdaryo viloyatida qayd etilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top