11:27 / 11.05.2021
6838

«O‘zbekneftgaz» AJ va Fransiyaning Rothschild & Cie kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “O‘zbekneftgaz” AJ va Fransiyaning “Rothschild & Cie” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati “Rothschild & Cie” kompaniyasi bilan tuzilajak reja borasida muhokama o‘tkazdilar.

“Rothschild & Cie” kompaniyasining moliyaviy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish taklifi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Fransiyaning “Rothschild & Cie” kompaniyasi tomondan Arielle Malard va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ikki tomonlama bitimni imzoladilar.

Imzolash marosimi Fransiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishidagi hamda “Medef Internasional” fransuz tadbirkorlari harakati bilan birgalikda tashkil etilgan Biznes-forum doirasida tashkil etildi.

Imzolangan bitim doirasida IPOga tayyorlanish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Bitimni imzolashdan maqsad IPOga tayyorgarlik ko‘rish va “O‘zbekneftgaz” AJning qarz portfelini baholash bo‘yicha “Rothschild & Cie” kompaniyasi tomonidan maslahat xizmatlarini olishdir.

IPO (Initial Public Offering – ingliz tilidan qisqartma) – birlamchi ommaviy aksiyalarni joylashtirish, kompaniya aksiyalarini fond bozorida sotish jarayoni, natijada kompaniya ommaviy kompaniyaga aylanadi va qimmatli qog‘ozlar keng investorlar uchun ochiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayon “O‘zbekneftgaz” AJni transformatsiya qilish jarayonining bir qismidir va boshqa maslahatchilar bilan parallel ravishda amalga oshiriladi, bu esa, o‘z navbatida “O‘zbekneftgaz” AJning jahon standartlariga javob beradigan xalqaro miqyosda tan olingan kompaniyaga aylanishiga imkon beradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top