22:27 / 11.05.2021
5861

Slovakiya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi

AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatilishiga 47 yoshli ayolning o‘limi sabab bo‘ldi.

Slovakiya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Zuzana Eliashova ma'lum qildi.

«Slovakiya AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bu birinchi doza bilan emlanmaganlarga taalluqli», – dedi Eliashova.

Birinchi doza bilan emlanganlar vaksinaning ikkinchi dozasini ham oladi.

AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatilishiga 47 yoshli ayolning o‘limi sabab bo‘ldi. Slovakiya farmatsevtika regulyatori ayolning o‘limi AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liqligini tasdiqlagan.

Avvalroq Fransiya AstraZeneca vaksinasini yangi shtammlarga qarshi qo‘llamaslikka qaror qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top