11:43 / 12.05.2021
2608

“Do‘stlik ritmlari” tanloviga o‘nlab roliklar kelib tushdi. O‘z videongni yuborib, sovrinni qo‘lga kirit

 "Do‘stlik ritmlari" ajoyib videoroliklar tanlovi tobora avj olmoqda. Bugungi kunga kelib, o‘zbekistonliklarning Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va shunchaki Xitoy haqidagi taassurotlariga bag‘ishlangan o‘nlab ishlari kelib tushgan.

Tanlov ishtirokchilari turli formatdagi roliklar – TikTok uchun qisqa hikoyalar, intervyular, kichik filmlar va eskizlarni yuborishmoqda. Hali ham qiziqarli videoni suratga olib, noyob sovrinni yutib olish fursatingiz bor.

Eslatib o‘tamizki, videoroliklar formati ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Asosiysi – kreativ yondashuv talab etiladi, yagona qoida esa shundan iboratki, videoning davomiyligi 5 daqiqadan oshmasligi va mualliflik huquqiga oid O‘zbekiston qonunchiligi buzilmasligi kerak.

Tayyor videoroliklarni ishtirokchining aloqa ma'lumotlari, ismi, sharifi va pasport raqami bilan chinaemb_uz@outlook.com pochtasiga yuborish mumkin.

Tanlov g‘olibi bosh sovrin-Huawei mobil telefoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, videoroliklarning o‘nta eng yaxshi mualliflari uchun ham sovrinlar mavjud bo‘lib, ular uchta sovrinli o‘rinlarga bo‘linadi. Birinchi o‘rin – Huawei mobil telefoni, ikkinchi o‘rin – Huawei mobil telefoni, uchinchi o‘rin - Huawei plansheti bilan taqdirlanadi.

Lekin bu hali hammasi emas. G‘oliblar safiga kira olmagan o‘n nafar muallif ham rag‘batlantiruvchi sovg‘alar - Huawei mobil telefoniga ega bo‘lishi mumkin.

G‘oliblar 19 iyun kuni e'lon qilinadi, taqdirlash marosimi esa 22 iyun kuni o‘tkaziladi.

Tanlov haqidagi batafsil ma'lumot Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Telegram-kanalida taqdim qilingan (havola). 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top