11:50 / 12.05.2021
6567

«Kelgusi yilda elektr energiyasi sarfi 10 foizga o‘sishi kutilmoqda» – Jamshid Qo‘chqorov

Jamshid Qo‘chqorov Foto: KUN.UZ

Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Unda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga so‘z berildi.

“Hurmatli prezident, hozir iqtisodiy o‘sishimiz 3,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, agar imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanganimizda bu ko‘rsatkich 8 foizga yetardi.

Elektr energiyasiga to‘xtaldik. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra kelgusi yilda elektr energiyasi sarfi 10 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu 7,5 mlrd kilovatt degani. 

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ham qator takliflarimiz bor. Joylarda uchrashuv o‘tkazganimizda tadbirkorlar polietilen, polipropilen granulalari bo‘yicha masala qo‘yishyapti. 

Kreditlarni qaytarish bo‘yicha jiddiy e'tiroz bildirdingiz, katta topshiriqlar berdingiz. Chindan bu masalani hozir hal qilmasak, yil yakunida murakkab vaziyatga tushib qolamiz”, dedi Jamshid Qo‘chqorov.

“O‘zi 20 yil deganda endi balansni to‘g‘riladik. Oldin tarmoqlarga pul bermasdik, lekin natija talab qilaverardik. Endi barcha sharoitlarni yaratyapmizmi, natija ham bo‘lishi kerak”, dedi prezident bunga javoban.

Top