10:18 / 12.05.2021
1673

Namangan viloyatida «Sputnik-V» vaksinasi bilan emlash boshlandi

Namangan viloyatida 1-bosqichda COVID-19’ga qarshi emlanishi lozim bo‘lgan 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari hamda o‘qituvchi, MTT xodimlari, surunkali kasalligi bor aholini emlash ishlari davom etmoqda.

Viloyatda 118420 nafar 65 yoshdan kattalar hamda 35361 nafar tibbiyot xodimini 1-bosqichda emlash uchun 58 000 doza AstraZeneca, 183 000 doza ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi vaksinalari olib kelinib, shahar va tumanlarga «sovuqlik zanjiri» qoidalariga amal qilgan holda tarqatildi.

Xavf guruhida bo‘lgan o‘qituvchilar, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari, surunkali kasalligi bo‘lgan aholini koronavirusga qarshi emlash uchun shahar, tumanlarga 3-bosqich uchun olib qo‘yilgan 61 000 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi yetkazib berildi. 

Emlash jarayonlari boshlangandan buyon jami 114 981 nafar fuqaro COVID-19’ga qarshi 1-bosqichda, 15 498 nafari 2-bosqichda emlandi. 114 981 nafar fuqarodan 41 218 nafari 65 yoshdan kattalardir.

Jami 25 474 nafar tibbiyot xodimi, surunkali kasalliklari bor aholi qatlamining 8 693 nafari, maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining 10 135 nafari, maktab o‘qituvchilarining 29 402 nafari emlandi.
 
Bugungi kunda 2-emlash (revaksinatsiya)da AstraZeneca vaksinasi bilan 9266 nafar, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan esa 6232 nafar aholi emlandi. 

1- va 2-bosqichda barcha emlash olgan aholi qatlamiga 3 kunlik patronaj kuzatuvlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shahar va tuman davolash-profilaktika muassasalari tomonidan emlashdan so‘nggi nojo‘ya holatlar kuzatilgani haqida shoshilinch xabarlar kelib tushmagan.

Top