11:38 / 12.05.2021
6627

Prezident: Birinchi yarim yillikda 1,5 trillion so‘mlik 550ta davlat aktivlarini sotish ta'minlanishi kerak

Davlat rahbari makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

“O‘tgan 3 yilda hududiy dasturlar doirasida 16 trillion so‘mlik kredit hisobiga amalga oshirilgan 4,2 mingta loyihaning 50 foizi, joriy yildagi 11,5 trillion so‘mlik 2,6 mingta loyiha bo‘yicha esa 80 foiz pul tushumlari bankdan tashqari aylanmoqda. Bu korrupsiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l degani. Qaysi hokim, qaysi vazir bunga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, keskin choralar ko‘ramiz.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida – 477 ta, Surxondaryo viloyatida – 463 ta, Qoraqalpog‘istonda – 424 ta, Xorazm viloyatida – 415 ta, Namanganda – 414 ta Andijonda – 370 ta, Farg‘onada – 356 ta.

Bu raqamlar hudud va tarmoqlardagi loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, “ko‘zbo‘yamachilik” uchun amalga oshirilyapti, degani emasmi? 16 trln so‘m oz pulmi?

Endi barcha imkoniyat va zaxiralarni ishga solib, may-iyun oylarida budjetga 26 trillion so‘m tushumni ta'minlash hisobiga, ikkinchi chorak prognoziga 3,2 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish shart.

Bunda, Soliq qo‘mitasi 2,7 trillion so‘m, bojxona 500 milliard so‘m budjetga qo‘shimcha tushumni ta'minlashga mas'ul bo‘ladi.

Masalan, Samarqandda, ikkinchi chorakda 250 milliard so‘m (yillik rejaning 10 foizi) qo‘shimcha mablag‘lar undirish imkoni mavjudligi aniqlandi.

Bundan tashqari, yil yakunigacha birgina yer solig‘idan respublika bo‘yicha 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyati bor.

Birinchi yarim yillikda jami qiymati 1,5 trillion so‘mlik 550 ta davlat aktivlarini sotish ta'minlansin”, deya talab qo‘ydi davlat rahbari videoselektor chog‘ida.

Top