19:34 / 14.05.2021
6477

Chexiya bosh prokurori rus josuslari bilan bog‘liq mojaro ortidan iste'foga chiqdi

Pavel Zeman aprelda Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-aslaha omborlarida 2014 yilda yuz bergan portlashlar terakt emasligini va bu ish bo‘yicha Chexiya konstitutsion tuzumi yoki mamlakat mudofaa salohiyatiga putur yetkazishga urinish aniqlanmaganini aytgandi.

Chexiya bosh prokurori Pavel Zeman iste'foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Karel Gavlichek ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Lidové Noviny.

Gavlichekning aytishicha, vazirlar mahkamasi uning bu qarorini ma'lumot uchun qabul qilgan, ammo hukumat hozircha Zemanning iste'fosi sabablarini muhokama qilmagan.

Pavel Zeman aprelda Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-aslaha omborlarida 2014 yilda yuz bergan portlashlar terakt emasligini va bu ish bo‘yicha Chexiya konstitutsion tuzumi yoki mamlakat mudofaa salohiyatiga putur yetkazishga urinish aniqlanmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealarni siyosat va OAVda qanday tasvirlash "siyosatchilarning ishi".

CT24 telekanalining xabar berishicha, Zemanning bosh prokuror sifatidagi mandati 30 iyunda tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsadagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.

Vrbetitsadagi portlashlar 2014 yil 16 oktyabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi halok bo‘lgan.

Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan.

Mavzuga oid
Top