15:54 / 14.05.2021
4132

Qazilaverib tagidan suv chiqib ketgan Qoraqalpog‘istondagi tog‘larni bilasizmi?

Foto: KUN.UZ

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida Jumurtov sanoat shaharchasi bor. Unda 30ga yaqin tosh ishlab chiqarish zavodlari faoliyat olib bormoqda. Jumurtovdan Sobiq ittifoq davridan beri qurilish uchun tosh qazib olinadi. Sifat darajasi bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinlarda turuvchi Jumurtov toshiga butun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida juda talab yuqori. SSSR davrida temir yo‘l orqali qo‘shni Turkmanistonga ham tosh sotilgan.

Hozirgi kunda Jurmurtov tog‘lar tizimining 40 foizigina qolgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mahalliy aholi sayohat va ziyorat uchun chiqadigan 3 ta tog‘ qolgan. Ularning biri, «Muhabbat cho‘qqisi»dan ham tosh olina boshlandi. Ba'zi tog‘lardan shu darajada tosh olinganki, tog‘ butunlay yo‘qolib pastga 500-800 metr kirib ketgan. Uning eng chuqur joyidan hatto suv chiqishni boshladi. Shunga qaramasdan tog‘larni kavlash to‘xtamayapti.

Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, Jumurtovdagi tosh ishlab chiqarish korxonalarining davlatga tegishlisi qolmagan. Barchasi xususiy tadbirkorlar qo‘liga o‘tgan. Aholi chang va tog‘ portlashidan aziyat chekmoqda. Ba'zi portlashlarda xonadonlarning derazalari sinib ketishi aytilmoqda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Jumurtovdagi tosh ishlab chiqarish korxonalarining hech biri ekologik talab me'yorlari asosida ishlamayapti.

Kun.uz jarayonlarni kuzatib boradi va bu mavzuga yana qaytadi.
 

Top