22:50 / 14.05.2021
17393

«Sehrli yechim yo‘q» – Netanyahuning maslahatchisi Falastin bilan ziddiyat haqida

Foto: Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning maslahatchisi Mark Regev Falastin va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni to‘xtatish talablariga «Sehrli yechim yo‘q» deb javob berdi.

Regev to‘qnashuvlarni HAMAS boshlaganini va Isroil buning badalini to‘latishi kerakligini aytib, sulh bitimlari to‘g‘risida fikr bildirdi.

«Hech qanday sehrli yechim yo‘q. Agar siz vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatishga majbur qilmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki boshlagan joyingizga qaytasiz. Bir oydan keyin tag‘in o‘sha joyga kelamiz. Siz mendan HAMAS nega Isroilga raketa otdi, deb so‘rayapsiz, biz ham javob qaytaryapmiz. Bu turdagi javoblar yechim emas, ular muammoni yanada kuchaytiradi.

Biz bu mojaroni xohlamadik. Ammo endi boshlanganini hisobga olsak, u abadiy sukunat bilan yakunlanishi kerak. Buning yagona yo‘li esa Isroil tomonidan HAMASni, uning harbiy tuzilmalarini, qo‘mondonligi va boshqaruvining yo‘q qilinishidir.

HAMAS shuni tushunishi kerakki, Isroilga raketa otish ularning manfaatiga xizmat qilmaydi».

Mavzu
Isroil va Falastin mojarosi
Yaqin Sharq may oyi o‘rtalarida Falastin-Isroil mojarosining 2014 yildan keyingi eng avj pallasini boshdan kechirmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top