13:57 / 16.05.2021
15698

Botanika bog‘ida noma'lum sabablarga ko‘ra yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 16 may kuni soat 11:55da Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘i hududida yong‘in ro‘y berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, bog‘ning orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalar yongan.

«Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi.

Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda», – deyiladi FVV axborotida.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, Toshkent Botanika bog‘i – Markaziy Osiyodagi eng yirik bog‘. 58 gektarlik bog‘ 1950 yilda tashkil etilgan. Bog‘ning kolleksiya hisobida 6 mingga yaqin o‘simliklar bor.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi o‘ndan ortiq bog‘ va xiyobonlar qatorida Botanika bog‘i ham rekonstruksiya qilinishini ma'lum qilgandi. Kun.uz hokimlik taklif etayotgan rekonstruksiya loyihasini e'lon qilgandi.

Top