10:33 / 16.05.2021
16738

Koronavirus: Yana 300dan ortiq yangi holat qayd etilib, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi pandemiya boshidan buyon O‘zbekistonda shu paytgacha 92 ming nafardan oshiq bemor koronavirusdan sog‘aygani haqida xabar berdi.

«2021 yil 15 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96670 (+302) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 38 nafari Toshkent viloyatida,
  • 131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 48 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 12 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 54 nafar,
  • Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92111 (+280) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 668 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3891 nafar bemor davolanmoqda.

15 may kuni mart oyi o‘rtalaridan buyon ilk marta bir kunda tuzalgan bemorlar soni yangi holatlar sonidan ko‘proq bo‘lishi kuzatilgandi - 251ta yangi holat aniqlanib, 324 kishi tuzalgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top