22:41 / 16.05.2021
24676

Turkiya falastinliklar himoyasini ta'minlash uchun xalqaro kuchlarni tashkil etishni taklif qildi

Turkiya Falastinning tinch aholisi himoyasini ta'minlash uchun xalqaro kuchlar tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Islom hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida aytib o‘tdi.  

Foto: Cem Özdel/Anadolu Agency

«Xalqaro hamjamiyat Falastinning tinch fuqarolari xavfsizligini ta'minlash uchun javobgar. Bu javobgarlikning muhim qismi Islom hamkorlik tashkiloti gardanidadir. Biz BMT Bosh assambleyasining 2018 yil iyundagi rezolyutsiyasiga ko‘ra, Falastinning tinch aholisini himoyalash xalqaro mexanizmini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak. Bu tashabbus xalqaro kuchlar tashkil etish yordamida himoyani ham o‘z ichiga olishi kerak», deb aytgan Chovusho‘g‘li o‘z nutqida. 

Uning ta'kidlashicha, «Falastin masalasida birlashish va jur'atli bo‘lish vaqti keldi». «Islom olami bizdan yetakchi bo‘lishimizni kutmoqda va Turkiya barcha zarur qadamlarga tayyor», deb qo‘shimcha qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.

10 may kunidan boshlab Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashdi. O‘shandan beri ikki tomon bir-biriga zarbalar berib kelmoqda. Keskinlashuvga Isroil Quddusning Shayx Jarroh dahasidan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan.

Mavzu
Isroil va Falastin mojarosi
Yaqin Sharq may oyi o‘rtalarida Falastin-Isroil mojarosining 2014 yildan keyingi eng avj pallasini boshdan kechirmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top