11:43 / 16.05.2021
2848

Yunusobodda tuman soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyati Yunusobod tumanida tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori 3,5 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi.

DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MChJ ta'sischisidan 3,5 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu pul evaziga mas'uliyati cheklangan jamiyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini va'da qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top