10:28 / 17.05.2021
18912

Koronavirus: Yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 3,9 mingdan oshiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana ikki bemor koronavirusdan vafot etgani, so‘nggi bir kunda 200dan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlangani haqida xabar berdi.

«2021 yil 16 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96893 (+223) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 23 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 51 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 23 nafar,
  • Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92303 (+192) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 670 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3920 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top