23:13 / 17.05.2021
13135

OFK Kubogi. «Nasaf» «Xo‘jand»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

OFK Kubogining 2-turida «Nasaf» mezbon jamoa «Xo‘jand» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Gollar Akmal Mozgovoy, Husniddin Aliqulov va Sherzod Nasrullayev hisobiga yozildi. 

So‘nggi tur oldidan «Nasaf» 6 ochko bilan birinchi, «Oltin asr» 4 ochko bilan ikkinchi, «Xo‘jand» 1 ochko bilan uchinchi, ochkosi yo‘q «Oloy» to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi. 

«Oltin asr» bilan bahsda «Nasaf»ni durang ham keyingi bosqichga olib chiqadi. 

OFK Kubogi, D guruhi
2-tur, 17 may
Xo‘jand — Nasaf 0:3

Gollar: Akmal Mozgovoy (9), Husniddin Aliqulov (42), Nasrullayev (45+1).
Xo‘jand — 88. Aleksey Matrosov, 7. Artyom Serdyuk, 10. Dilshod Bozorov, 12. Ehson Boboyev (6. Xojiboyev Ziyoyev, 71), 13. Nozim Bobojonov (14. Tohir Malado‘stov), 18. Daler Yodgorov (99. Firuz Xolmatov, 85), 20. Samandar Ochilov, 21. Firdavs Chakalov, 66. Naimjon Ibrohimzoda (4. Parviz Boqiyev, 71), 70. Abdulmo‘min Zabirov, 77. Grek Maksim (73. Alisher Barotov, 85).
Nasaf — 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (8. Dilshod Saitov, 61), 19. Husayn Norchayev (25. Muxriddin Zoirov, 61), 20. Suhrob Nurulloyev (55.Shahzod Akramov, 76), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (15. Jo‘rabek Mannonov, 61), 50. Shohmalik Komilov (70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 79), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.

Top