21:04 / 17.05.2021
3248

Samarqandda Turkiya fuqarosi bo‘lgan haydovchi sodir etgan YTHda piyoda vafot etdi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Samarqand viloyati Samarqand tumanida Turkiya fuqarosi bo‘lgan haydovchi boshqarib ketayotgan shu davlatga tegishli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 may kuni soat taxminan 4:00 larda xalqaro ahamiyatdagi A378 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani Yangiariq mahallasi hududidan o‘tuvchi 5-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

42 yoshli Turkiya fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan shu davlatga tegishli yuk mashinasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 39 yoshli piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilishicha, tuman IIb tomonidan mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

 

Top