12:05 / 17.05.2021
21954

Termizda maktab binosining 2-qavati yonib ketdi

Termiz shahridagi maktablardan birida yong‘in kelib chiqqan va binoning 2-qavatida taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 2021 yil 17 may kuni soat 10:00larda Termiz shahar S.Termiziy ko‘chasida joylashgan 6-umumta'lim maktabida yong‘in sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘ir haqida xabar kelib tushgandan so‘ng hodisa joyiga Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 6ta yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borgan. Soat 10:15da yong‘in qurshab olingan va soat 10:40da to‘liq bartaraf etilgan.

Ta'kidlanishicha, maktab binosining 2-qavatida taxminan 120 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Toshkent shahrida joylashgan Botanika bog‘ida ham yong‘in ro‘y bergan edi.

 

Top