11:05 / 18.05.2021
12757

O‘zbekistondan Pokistonga ilk bor TIR konvensiyasi doirasida yuk mashinasi keldi

O‘zbekistondan Pokistonga ilk bor TIR konvensiyasi doirasida yuk mashinasi keldi. Bu haqda Pokiston bosh vazirining savdo bo‘yicha maslahatchisi Razzoq Dovud ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, yuk mashinasi 48 soat ichida "Torxam" nazorat punktiga Afg‘oniston orqali yetib borgan.

“Bu yangi davrning boshlanishi. Bundan buyon ikki tomondan yuk mashinalari Karachi va Gvadar portlariga yuklarni yetkazib beradi”, deya ma'lum qildi Razzoq Dovud. 

Ma'lumot uchun, TIR konvensiyasi Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa bo‘yicha Iqtisodiy komissiyasi shafeligida 1975 yilda imzolangan. Pokiston TIR konvensiyasiga 2015 yil 24 iyunda qo‘shilib, 2018 yil 19 aprel kuni «TIR amaliyotlari oshiriladigan mamlakat» deb e'lon qilindi.  

TIR konvensiyasi Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoda xalqaro tranzit yuklari uchun keng qo‘llaniladi, shuningdek, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida tez qabul qilinmoqda, bu davlatlarning barchasi ushbu konvensiyaning shartnoma tuzuvchi tomonlari qatoriga kiradi.

Top