15:13 / 18.05.2021
6164

Yaponiya qit'alararo kosmik kemalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Qayd etilishicha, bu dunyoning yirik shaharlari orasidagi parvoz vaqtini ikki soatgacha qisqartirish imkonini beradi.

Foto: JAXA

Yaponiya hukumati va xususiy kompaniyalari yo‘lovchilarni qit'alararo kosmik kemalarda tashishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi The Mainichi.

Qayd etilishicha, bu dunyoning yirik shaharlari orasidagi parvoz vaqtini ikki soatgacha qisqartirish imkonini beradi.

Yaponiya ta'lim, fan va texnologiyalar vazirligi ushbu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini e'lon qildi. Taxminlarga ko‘ra, 2040 yilga borib Yaponiyadan qatnovchi kosmik kemalar bozori 5 trillion iyenni (46 milliard dollar) tashkil etadi.

Yangi transport vositasini Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ishlab chiqayotgan H3 raketa-tashuvchisi negizida qurish rejalashtirilgan. Orbitaga ilk parvoz 2021 yil oxirida amalga oshirilishi lozim.

Ko‘p marta foydalaniladigan raketani Germaniya va Fransiya bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazish 2022 yilda boshlanadi.

Mavzuga oid
Top