14:39 / 19.05.2021
7759

Ko‘chirmakashlikda ayblangan Germaniya oila ishlari vaziri iste'foga chiqdi

 Giffey noyabrda fan doktori darajasidan voz kechgandi.

Foto: DPA

Germaniya oila ishlari vaziri Fransiska Giffey dissertatsiya yozishda plagiatda ayblangani sababli iste'foga chiqdi. Bu haqda Focus Online nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, 43 yoshli Giffey kansler Angela Merkeldan uni lavozimidan bo‘shatishni so‘ragan.

Siyosatchining dissertatsiyasi atrofidagi bahslar bir necha oydan buyon davom etmoqda.

Giffey noyabrda fan doktori darajasidan voz kechgandi.

Mavzuga oid
Top