15:33 / 19.05.2021
3894

YeI mamlakatlari koronavirusga qarshi emlangan turistlarning ittifoq hududiga kirishiga ruxsat berishga kelishib oldi

Chegaralarni ochish va emlash to‘g‘risidagi sertifikatlar mavzusi Yevroittifoq davlat va hukumat rahbarlarining 25 may kuni o‘tkaziladigan sammitida muhokama qilinishi kutilmoqda. 

Foto: REUTERS/Remo Casilli

Yevroittifoq davlatlari koronavirusga qarshi emlangan turistlarning ittifoq hududiga kirishiga ruxsat berishga kelishib oldi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) agentligi xabar berdi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, hozircha gap Yevropa dori vositalari agentligi ma'qullagan vaksinalar bilan emlanish haqida bormoqda. 

Chegaralarni ochish va emlash to‘g‘risidagi sertifikatlar mavzusi Yevroittifoq davlat va hukumat rahbarlarining 25 may kuni o‘tkaziladigan sammitida muhokama qilinishi kutilmoqda. 

 YeI mamlakatlari martdan buyon Yevroittifoqning barcha mamlakatlarida tan olinadigan sertifikatni joriy etish g‘oyasini muhokama qilmoqda.

Top