22:02 / 20.05.2021
9455

ITSV: 2020 yilda 1 mlrd dollardan ortiq sanoat mahsulotlari import qilingan

Mahalliy sanoat mahsulotlari bo‘yicha ichki iste’mol talabi 1,7 milliard dollarni tashkil etib, bunda ichki ehtiyojning 70 foizi import hisobidan qoplanmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiya sho‘’basi mudiri Akmal Ochilov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, mahalliy sanoat mahsulotlari bo‘yicha ichki iste’mol talabi 1,7 milliard dollarni tashkil etib, bunda ichki ehtiyojning 70 foizi import hisobidan qoplanmoqda.

Shu bilan birga, import tarkibi tahlil qilinganda, 2020 yilda 1 milliard dollardan ortiq mahsulot import qilingan, shu jumladan:

  • 306 million dollar (30 foiz) – keng assortimentdagi rezina mahsuloti, xususan, avtomobil gilamchalari va aksessuarlari, rezina prokladka va shlanglar kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lmagan mahsulotlar;
  • 251 million dollar (24,7 foiz) – gigiyena va parfyumeriya vositalari;
  • 189 million dollar (18,6 foiz) – maishiy tovarlar, shu jumladan, kanselyariya mollari, termos, soyabon, soat, taroq kabi mahsulotlar;
  • 109 million dollar (10,7 foiz) – keramika va shisha mahsulotlari;
  • 114 million dollar (10 foiz) – mebel va musiqa asboblari;
  • 47 million dollar (4 foiz) – o‘yinchoq va sport anjomlari import qilingan.

Ma’lum qilinishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tomonidan import hajmi va talab yuqori bo‘lgan 43 turdagi mahsulot guruhlarini qamrab oladigan namunaviy loyihalar shakllantirilgan.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar qiymati 209 million dollar bo‘lgan 259ta loyihani ishga tushirish va 6500ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top