08:27 / 20.05.2021
21662

O‘zbekistonda yangi zirhlangan avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda 

O‘zbekistonda «Tarlon» yengil zirhlangan avtomobili sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan «Tarlon» yengil zirhlangan avtomobil kuch tuzilmalarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida «Tarlon»ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshiriladi, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikaning tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkaziladi.

Sinov jarayonlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top