09:52 / 20.05.2021
2183

Surxondaryoda «Damas» skuterni urib yubordi. 17 yoshli o‘smir vafot etdi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan «Damas» o‘zidan oldinda ketayotgan skuter bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda skuter yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumani Totuvlik mahallasidan o‘tgan yo‘lda katta tezlikda harakatlangan «Damas» qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, o‘zidan oldinda ketayotgan va sekinlashib chap tarafdagi ichki yo‘lga qayrilayotgan skuterni urib yuborgan.

Oqibatda skuter haydovchisi va 17 yoshli yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, skuter yo‘lovchisi vafot etgan.

Surishtiruvda ma'lum bo‘lishicha, «Damas» haydovchisi belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlangan va e'tiborsizlik qilgan. Shuningdek, yo‘lning sifati ham talab darajasida bo‘lmagan. Unda kerakli yo‘l belgilari o‘rnatilmagani aniqlangan.

Surxondaryoda tegishli hujjatlari bo‘lmagan shaxs sodir etgan YTHda 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Surxondaryoda tezlikni oshirgan mast haydovchi mashinani chuqurga qulatdi. Undagi yo‘lovchi vafot etdi

Mavzuga oid
Top