18:06 / 21.05.2021
5300

Dam olish kunlari respublikaning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida iliq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. kunduz kuni 29-34 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat dam olish kunlarida ko‘p yillik me'yordan 2-3 darajaga ko‘p bo‘ladi va kechasi 15-20 daraja iliqni, kunduz kuni 29-34 daraja issiqni tashkil etadi.

«O‘zgidromet» mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida ogohlantirdi.

Mavzuga oid
Top