20:00 / 21.05.2021
9758
Reklama

OLED EVO va QNED Mini LED yangi standartdagi televizorlarni taqdim etdi

LG Electronics (LG) 2021 yilning yangi televizorlari to‘plamini taqdim etdi. OLED evo’ning yangi to‘plami QNED Mini LED va rivojlangan NanoCell texnologiyalariga asoslangan. Televizorlarning o‘lchami 43 dyumdan 88 dyumgacha, siz esa ularning istalgan birini tanlashingiz mumkin. Bu televizorlarning har biri sifatli tasvir bilan uyingizda dam olish va ko‘ngil ochish uchun mos atmosfera yaratib bera oladi.

LG OLED

OLED modelining evo qo‘shilgan barcha televizorlari boshqa modellarga solishtirganda 20 foiz yorqinroq, tiniqroq va tasvirni 20 foizgacha ko‘proq reallashtirib ko‘rsatadi. Evo “evolution” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekchada “mukammallashish”, “rivojlanish” deb tarjima qilinadi. Demak, evo bilan uyg‘un OLED televizorlari bu model evolyutsiyasini, taraqqiyotini anglatadi.

OLED televizorlari o‘z qiziquvchilari uchun yana bir yaxshi yangilik tayyorlagan: ilgari bu modeldagi televizorlar faqat 55, 65, 77 va 83 dyumli o‘lchamda taqdim etilgan bo‘lsa, endi 48 dyumli OLED televizorlari ham foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda.

OLED televizorlarining yangi avlodi tasvirlarni o‘ta mukammal va mos tarza to‘q ranglarda taqdim etadi. U Motion Pro yordamida har bir harakatni o‘ta silliq va real aks ettiradi. Tasvirning bu uslubda namoyon bo‘lishi, ayniqsa, televizorda o‘yin o‘ynashda qo‘l keladi. Aytgancha, OLED televizorlari o‘yin uchun eng yaxshi model hisoblanadi, sababi bu televizorlar dunyoda birinchi bo‘lib NVIDIA GeForce RTX 30 texnologiyalari asosida yaratilgan.

LG QNED Mini LED

QNED Mini LED texnologiyalari LCD televizorlarining tasvir sifatini yangi bosqichga ko‘tardi. Hozir mavjud 8K va 4K variantlar LG Quantum Dot NanoCell va Mini LED texnologiyalari asosida ishlangan. Bu esa odatiy LCD televizorlariga qaraganda tiniqroq qora va yorqin ranglarga, yuksak darajadagi kontrastga ega bo‘lishga yordam beradi.

LG NanoCell

NanoCell texnologiyalari asosan, tasvirning takomillashishiga va kadrlar almashinuvining tezlashuviga yordam bergan. NanoCell bilan jihozlangan barcha displeylarda nanozarrachalar mavjud, ular tasvirlar yuqori tiniqlikda bo‘lishi uchun filtr vazifasini bajaradi.

Hozir bu model yangilanish tezligi 120 Gsga teng bo‘lgan panellarga ega, A7 protsessori va Dolby Vision AI texnologiyalari asosida yaratilgan. NanoCell esa yanada yorqinroq, silliqroq va detallashtirilgan tasvirga ega bo‘lgan.

2021 yilgi LG televizor kolleksiyasining asosiy qismi yangi to‘rtinchi avlod (α 9 Gen 4 AI) – Alpha 9 protsessorlari bilan jihozlangan. Ushbu protsessor qayta ishlangan tasvirni avtomatik tarzda taniy oladi va uning janri, kadrlarini hisobga olib, parametrlarni sozlaydi. Tasvir esa televizor atrofidagi atmosferaga mos tarzda uzatiladi.

LG protsessorlarida yana bir yangi funksiya - AI Picture Pro ham o‘rnatilgan, u ekrandagi yuz, tanani farqlay oladi va tasvirni 3 o‘lchamli qilib uzatish orqali oldingi va orqa fonni alohida tarzda aks ettiradi.

Shuningdek, α9 Gen 4 protsessori uzatilayotgan tasvirni aniqlash qobiliyatiga ega, bu esa kadrlarning xona sharoitiga mos tarzda uzatilishini ta'minlaydi va tomoshabinga xotirjamlik, zavq beradi.

Sayt: lgblog.uz

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top