10:22 / 21.05.2021
7199

Tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mgacha ko‘tarildi. Bu yangi maksimum

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 21 may, juma kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Bir qator banklarda dollar olish 10 550 - 10 580 so‘mdan, sotish 10 640 - 10 650 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich. Ilk bor kurs 10 700 so‘mga yaqinlashdi.

Qayd etish lozimki, so‘nggi marta banklarda dollar kursi 19 may kuni ko‘tarilgandi (1 AQSh dollarining sotish kursi - 10 630 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 21 may kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga oshgan va bir dollar 10 597 so‘m 75 tiyinni tashkil qildi.

Top