22:08 / 24.05.2021
10221

Louis Vuitton egasi dunyoning eng boy odamiga aylandi

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) guruhi prezidenti Bernar Arno Forbes Real-Time milliarderlar reytingiga ko‘ra, Amazon asoschisi Jyeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Foto: Reuters

Milliarderlar ro‘yxatini real vaqtda yangilab boruvchi reyting ma'lumotlariga ko‘ra, Arnoning boyligi bir kunda 710 mln dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 186,3 mlrd dollarga yetdi. Bezos esa 186 mlrd dollar bilan 2-o‘ringa tushdi. 

Shu bilan birga, Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingiga ko‘ra, Arno 162 mlrd dollar boylik bilan Bezosdan keyin hamon 2-o‘rinni egallamoqda. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, fransuzning boyligi yil boshidan beri 47,9 mlrd dollarga ko‘paygan.  

Forbes reytingiga ko‘ra, milliarderlar ro‘yxatida 3-o‘rinni Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask 147,3 mlrd dollar bilan egallamoqda. Yetakchi beshlikdan Microsoft asoschisi Bill Geyts (125,5 mlrd dollar) va Facebook asoschisi Mark Tsukerberg (114,7 mlrd dollar) ham joy olgan.

Mavzuga oid
Top