16:31 / 26.05.2021
4736

Blogerlarga Pfizer vaksinasi to‘g‘risida yolg‘on ma'lumot tarqatish evaziga pul taklif qilingan – OAV

Millionlab obunachilarga ega bo‘lgan fransuz va nemis blogerlari ularga piar-agentlik Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan yuzlab kishilar vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqatish evaziga pul taklif qilganini bildirgan.

Germaniya va fransiyalik blogerlarga Pfizer/BioNTech vaksinasi to‘g‘risida yolg‘on ma'lumot tarqatish evaziga pul taklif qilingan, deb yozmoqda Daily Mail.

Nashr xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarga ega bo‘lgan fransuz va nemis blogerlari ularga piar-agentlik Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan yuzlab kishilar vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqatish evaziga pul taklif qilganini bildirgan.

Qayd etilishicha, blogerlarga ushbu taklif yozilgan elektron maktublar Fazze agentligidan kelgan. 

G‘arb OAV LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i ma'lumotlariga asoslanib yozishicha, Fazze agentligi rahbariyati Moskvada bo‘lib, u rossiyalik tadbirkor Vladimir Bashkin asos solgan Adnow International holdingi tarkibiga kiradi.

Mavzuga oid
Top