21:35 / 29.05.2021
5900

Afg‘onistonda avtobus portlashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi

 Avtobus Al Beruniy universitetidan ma'ruzachilarni olib ketayotgan bo‘lgan.

Foto: TOLOnews

Afg‘onistonning Bagram shahrida avtobus portlashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tolo news telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, avtobus Al Beruniy universitetidan ma'ruzachilarni olib ketayotgan bo‘lgan.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

O‘tgan haftada G‘ilmind viloyatida sodir bo‘lgan portlash to‘qqiz kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

 

Top