10:20 / 31.05.2021
10465

Koronavirus: 200dan ortiq yangi holat qayd etildi, shifoxonalardagi bemorlar soni 3,6 mingdan ortiq

So‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari kuzatilmadi, SSV ma'lumotiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 200dan ortiq yangi holat qayd etilib, 200dan ortiq bemor tuzalgan.

«2021 yil 30 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100335 (+211) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 65 nafari Toshkent viloyatida,
  • 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 177 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95993 (+207) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top