01:47 / 01.06.2021
36090

Jangovar dron ilk bor mustaqil tarzda odamga hujum qilgani ma'lum qilindi

Foto: STM

Turkiya harbiy-texnik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Kargu-2 jangovar droni jang sharoitida mustaqil ravishda jangchini yo‘q qila oldi. Ushbu hodisa Liviyadagi qurolli ixtilof vaqtida 2020 yil martida yuz bergan, biroq bu haqda endi ma'lum bo‘ldi.

BMT Xavfsizlik kengashining Liviya bo‘yicha ekspertlari guruhi hisobotiga ko‘ra, Kargu-2 inson buyruqlarisiz, o‘zi mustaqil ravishda tirik nishon ortidan kuzatuv olib borib, unga hujum qilgan. Bu Liviyada hukumat kuchlari va feldmarshal Xalifa Xaftar milliy armiyasi o‘rtasidagi janglar vaqtida yuz bergan. Dron qurboni Xaftar armiyasi jangchisi bo‘lgan. Turkiya ushbu to‘qnashuvda Liviya hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlagandi.

Ta'kidlanishicha, ushbu holat tarixda birinchi marta inson aralashuvisiz dron tomonidan odamning yo‘q qilinishi hisoblanadi.

Dron «yuqori samarador avtonom rejim»da ishlagan, ya'ni operator buyruqlarisiz hujum qilishga dasturlashtirilgan bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kargu-2 bomba bilan qurollanadi. 

Mavzuga oid
Top