08:07 / 03.06.2021
6745

O‘zbekistonning Iroqdagi ilk elchisi tayinlandi

O‘zbekiston elchisi Iroq prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi elchisi Bahrom A'loyev (qarorgohi Kuvaytda) Iroq prezidenti Barham Solihga ishonch yorliqlarini topshirgan.

“Suhbat davomida Iroq rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga birinchi bor mamlakatga elchi tayinlagani uchun minnatdorchiligini bildirdi. Mazkur qaror O‘zbekiston-Iroq aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi”, deyiladi xabarda.

Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.

Top