14:02 / 03.06.2021
1635

Samarqandda «Damas» haydovchisi 51 yoshli piyodani urib yuborib, qochib ketdi. Piyoda vafot etdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida Damas haydovchisi 51 yoshli piyodani urib yuborib, qochib ketgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea yuz bergan joyda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 may kuni soat 23:50larda mahalliy ahamiyatga ega 4K502 Jomboy-G‘azira avtomobil yo‘lining Jomboy tumani «Kattaqishloq» MFY hududidan o‘tgan 4-kilometrida 51 yoshli Toshkent shahrida yashovchi shaxsni noma'lum mashina urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea yuz bergan joyda vafot etgan.

Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan qidiruv-surishtiruv o‘tkazilib, piyodani urib yuborgan mashina topilgan. Aniqlanishicha, 59 yoshli haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Damas» mashinasi bilan piyodani urib ketgan.

Qayd etilishicha, «Damas» haydovchisi belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlangan. Unga nisbatan odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun qonunlarda belgilangan tartibda ish ochilgan.

Top