10:32 / 04.06.2021
12089

Koronavirus: Kunlik holatlar soni 200dan ortiq, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda virus aniqlanish holatlari soni 101 mingdan ortib, davolanganlar soni 97 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 3 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101198 (+201) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

31 may kuni 160 nafar, 1 iyun kuni 231 nafar, 2 iyun kuni esa 271 nafar kishida virus aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 17 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 33 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97077 (+188) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3426 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top