14:17 / 04.06.2021
11625

O‘zbekistonga sement importi keskin oshdi

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida 1 million tonna sement import qilindi. O‘zbekistonga asosiy eksportyor davlatlar sifatida Qozog‘iston va Qirg‘iziston qayd qilingan.

2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 50,5 million dollarga teng bo‘lgan 1 million tonna sement import qilingan.

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko‘p.

2021 yilning to‘rt oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston – 498,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 278,5 ming tonna;
  • Tojikiston – 234,7 ming tonna;
  • Eron – 10,8 ming tonna;
  • Turkmaniston – 8,6 ming tonna.

Qayd etilishicha, import qilingan sementning asosiy qismi Toshkent shahri (496,6 ming tonna), Farg‘ona(194,9 ming tonna) va Andijon(183,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, mamlakat ichkarisida ham 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida sement ishlab chiqarish hajmi 26,9 foizga oshgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar oyida 559,3 ming tonna (o‘sish sur'ati 7,3 foiz), 2021 yilning yanvar-fevral oylarida 1,3 mln tonna (o‘sish sur'ati 18,4 foiz), 2021 yilning yanvar-mart oylarida 2,2 mln tonna(o‘sish sur'ati 14,1 foiz) sement ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top