08:02 / 05.06.2021
9043

Toshkentda bir nechta ko‘cha vaqtinchalik yopilmoqda

Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentda qator ko‘chalar vaqtinchalik yopilmoqda

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yo‘llarning bir qismi transport harakati uchun 5-6 iyun kunlari soat 06:00dan 13:00ga qadar yopiladi.

Ular:

  • KHAY — Chingiz Aytmatov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;
  • Ko‘rgazma ko‘chasi — KHAY ko‘chasidan Korxojiota ko‘chasigacha;
  • Korxojiota ko‘chasi — Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasigacha.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top