23:31 / 07.06.2021
5192

Hindistonda zavoddagi yong‘inda 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Puna shahri yaqinida dezinfeksiyalovchi vositalar ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan yong‘inda kamida 18 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi bedarak yo‘qoldi. 

Foto: netindian.in

India Today nashrining xabar berishicha, yong‘in qadoqlash sexida boshlangan. Voqea vaqtida zavodda 37 kishi ishlayotgan bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. 

Top