22:55 / 07.06.2021
1842

Urgutda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchilardan biri vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchilardan biri vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 may kuni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Urgut tumani Bahrin mahallasidan o‘tgan 1112-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Neksiya» mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan «Neksiya» bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan «Neksiya»dagi yo‘lovchi vafot etgan.

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, 19 yoshli haydovchi tezlikni belgilangan me'yordan oshirgan. Bundan tashqari, u quvib o‘tish qoidalarini ham buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan mashina bilan bo‘lgan oraliqni inobatga olmagan.

Mavzuga oid
Top