15:27 / 08.06.2021
2438

«54 ming ayol chet elda» - Andijonda «Ayollar daftari»dagi xotin-qizlarning muammolariga yechim izlandi

Andijon viloyatida so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 3 mln 191 ming nafar aholi yashaydi. Xotin-qizlar soni  jami 1 544 181 nafar bo‘lib, shundan 694 818 nafari 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollardir.

Viloyatda o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida «Ayollar daftari»ni shakllantirish hamda ro‘yxatga kiritilgan ayollar muammolarini hal qilish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilgan.

O‘tkazilgan xatlov ishlarining yakuniy ma'lumotlariga ko‘ra, 614 ming

227 nafar ayollarga so‘rovnoma - anketalari to‘ldirilgan. 54 ming 37 nafari tashqi migratsiyada ekanligi, 20 ming 267 nafari ichki migratsiyada, 6 ming 249 nafari salomatligi tiklash jarayonida (muomalaga layoqatsiz, ruhiy kasal va uzoq davolanuvchi kasalliklar bilan turli shifoxonalarda), 38 nafari jazoni ijro etish muassasasida ekanligi aniqlangan.

Xonadonlarga tashrif davomida ayollar tomonidan 54 465 ta muammolar bildirilgan.

Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar yuzasidan «Ochiq muloqot» o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalarining xodimlari, mahalliy kengash deputatlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Andijon viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M. Nizamova «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etdi. Unga ko‘ra, hududda 29 ming 587 nafar xotin-qizlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan. Sektor tizimida 9 yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan monitoring xulosalariga asosan 1 iyun holatiga ular bilan bog‘liq 29 ming 569ta muammo hal etilgan.

Muloqot davomida jurnalistlar tomonidan tumanlardagi fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritayotgan ayollarning ish sharoiti juda yomon holatda ekanligi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan ayollar uchun berilayotgan kreditlar 14 foizli bo‘lib bu holat tadbirkor uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani aytildi. Deputat va mutasaddilar tumanlarda bo‘lib, mazkur muammolarni hal qilish borasida ish tashkil etilishini bildirishdi.

Mavzuga oid
Top