17:02 / 09.06.2021
12751

Qarshida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Damas ikkita mashinaga shikast yetkazdi

Qarshi shahridagi ko‘chalardan birida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan «Damas» ikkita mashina bilan to‘qnashib, ularga shikast yetkazgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 9 iyun kuni soat 05:00 larda, Qarshi shahridagi Islom Karimov hamda Nasaf ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi N.T. «Damas» mashinasi bilan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan harakatlangan. Oqibatda, yashil chiroqda o‘z harakatini boshlab, chorrahaga kirib kelgan haydovchi L.M. boshqaruvidagi «Neksiya» mashinasi bilan to‘qnashgan. So‘ng, zarb oqibatida yo‘nalishini o‘zgartirib ro‘parada, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi N.T. boshqaruvidagi «Lasetti» mashinasiga urilgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo har uchala mashina turli darajada shikastlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top