23:01 / 10.06.2021
15027

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga «Zarrintoj» ordenini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahridagi «Do‘stiy» maydonida Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi. Shundan so‘ng «Ko‘hi Borbad» san'at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san'at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Tojikistonning yuksak mukofoti – I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Tojikiston prezidentining farmoni o‘qib eshittirildi.

Ordenni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tantanali ravishda topshirdi.

«Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro manfaatli hamkorligimizni rivojlantirib, katta maqsadlarimizga erisha olamiz. Biz doim bir-birimizga tayanch bo‘lishimiz, har qanday qiyinchilik va sinovlarni yelkama-yelka yengib o‘tishimiz lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

10 iyun kuni boshlangan rasmiy tashrif davom etmoqda.

Top