21:45 / 10.06.2021
13582

Xitoyda operator yugurish bo‘yicha musobaqa ishtirokchilaridan tezroq chopdi

Xitoyning Shansi shahrida universitetlar o‘rtasida o‘tgan chempionatda videooperator ajoyib jismoniy tayyorgarlikka egaligini namoyish qildi. U 100 metrga yugurish bo‘yicha musobaqada chiroyli lavhalarni tasvirga olish uchun sprinterlardan tezroq chopdi.

«Chopag‘on» operator mahalliy kollej talabasi bo‘lib chiqdi. U chempionatda faoliyat olib borgan va yugurish bo‘yicha musobaqani tasvirga olgan.

Musobaqadan olingan videoda operator sprinterlardan 10 metr oldinroqda turib, «start» signali berilgandan keyin bir qo‘lida kamerani ushlagancha ular bilan birga chopa boshlagan. Talabaning qo‘lidagi kamera 4 kg kelishiga qaramay, u musobaqa ishtirokchilaridan hech ham qolishmagan.

Ushbu holat videosi internetda ommalashib, ko‘plab ijobiy izohlar olgan.

Top