07:54 / 11.06.2021
9580

Hukumat qarori bilan yangi ko‘krak nishoni ta'sis etildi

Hukumat qarori bilan “Gidrometeorologiya xizmati a'lochisi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar “O‘zgidromet”ga taqdim etadi (nomzod haqida ma'lumotnoma, uning so‘nggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).
  
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya hujjatlarni o‘rganib, har yili 20 aprelga qadar munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qiladi. 

Ko‘krak nishoni har yili 7 may – “O‘zgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Mavzuga oid
Top