19:28 / 11.06.2021
12834

Time jurnali muqovasida Putin aks etgan ko‘zoynak taqqan Baydenning surati chop etildi

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jo Baydenni bo‘lajak uchrashuvga MRB direktori, AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Uilyam Berns tayyorlagan.

Amerikaning Time jurnali AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi arafasida muqovasida Jo Bayden va Vladimir Putin suratlarini chop etdi.

Yangi muqova jurnalning Twitter sahifasida joylashtirildi. Unda Jo Bayden Vladimir Putin aks etgan qora ko‘zoynak taqqan holda tasvirlangan.

RIA Novosti nashrining ma'lumot berishicha, AQSh prezidentini uchrashuvga MRB direktori, AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Uilyam Berns tayyorlagan.

CNN xabariga ko‘ra, prezidentlar Jyeneva sammiti yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazmaydi.

Bayden va Putin uchrashuvi 16 iyun kuni Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top